Dushanba - Shanba 08:00 - 15:00 +998 73 000 00 00frg.kukon.shtb@ssv.uz

Xizmat vazifalari va funksiyalari

  • Belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan, sanitariya-epidemiologiya sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi ustidan belgilangan tartibda davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratini (keyingi o’rinlarda — nazorat) laboratoriya va instrumental tadqiqot usullarini qo’llagan holda amalga oshiradi;
  • Oziq-ovqat xom ashyosi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish bo’yicha faoliyatni amalga oshiruvchi, shu jumladan umumiy ovqatlanish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’ektlarida tekshiruvlar o’tkazadi;
  • Iste’molchilarni vodoprovod suvi bilan ta’minlaydigan, oqova suvlarni chiqarib tashlaydigan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda tekshiruvlar o’tkazadi;
  • Qonun hujjatlariga ko’ra xodimlari tibbiy ko’rikdan o’tishi lozim bo’lgan savdo va aholiga xizmat ko’rsatish bilan shug’ullanadigan, shu jumladan sartaroshxona va kosmetologiya xizmatlarini ko’rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlarida tekshiruvlar o’tkazadi;
  • Aholiga diagnostika, davolash-profilaktika xizmatlarni ko’rsatish bo’yicha faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’ektlarida tekshiruvlar o’tkazadi;
  • Aholiga tibbiy xizmatlarni ko’rsatish bo’yicha faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’ektlarida tekshiruvlar o’tkazadi;
  • Yuqumli va parazitar kasalliklar yuzaga kelishining oldini olishga va ularni kamaytirishga, ular yuqish yo’llari va omillariga ta’sir ko’rsatishga va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar bilan bog’liq bo’lgan epidemiologik asoratlar oqibatlarini tugatishga qaratilgan profilaktik va o’choqli dezinfektsiya, dezinsektsiya, deratizatsiya, epidemiyaga qarshi tadbirlar o’tkaziladi.