Dushanba - Shanba 08:00 - 15:00 +998 73 000 00 00frg.kukon.shtb@ssv.uz

Gepatit A va COVID-19 kasalliklarining oldini olishda emlashning ahamiyati

Vaksinalar tanangizning tabiiy immuniteti bilan birgalikda kasallik yuqishi xavfini kamaytiradi. Vaksina natijasida mikrobga qarshi kurashish uchun antitanachalar ishlab chiqiladi va  u bilan qanday kurashish kerakligini eslab qoladi. Keyinchalik, immunitet tizimingiz uni qanday yo‘q qilishini biladi, siz kasal bo‘lmaysiz. Shunday qilib, vaksina tanada kasallikka qarshi immunitetni ishlab chiqishga ko‘mak beruvchi xavfsiz va samarali vosita sanaladi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Toshkent shahar boshqarmasi mutaxassislari tomonidan poytaxtimizdagi oilaviy poliklinikalardagi immunolog va epidemiologlarga emlash tadbirlari bo‘yicha seminar o‘tkazildi. Seminarda mutaxassislar gepatit A hamda koronavirusga qarshi emlash ishlariga alohida to‘xtalib o‘tib, ishtirokchilarga bu borada tushunchalar berildi.

Manba: sanepid.uz

Related Posts