Dushanba - Shanba 08:00 - 15:00 +998 73 000 00 00frg.kukon.shtb@ssv.uz

Oziq-ovqat mahsulotlariga qo’shiladigan qo’shimchalar haqida nimalarni bilamiz?

Аholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash bugungi kunda muhim vazifalardan biridir.

Oziq-ovqat qoʼshimchalari – bu taʼmni saqlash yoki taʼmini, koʼrinishini yoki boshqa xususiyatlarini yaxshilash uchun ovqatga qoʼshiladigan moddalar hisoblanadi.

Hozirgi kunda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda ozuqaviy qoʼshimchalarsiz texnologik jarayon yoʼq. Masalan, non ishlab chiqarishda achitqi yoki soda ishlatilishi ham shular jumlasidan.

Mahsulotlarning yaroqlilik muddatlarini uzaytirish maqsadida qoʼllaniladigan konservantlar yoki shakar oʼrnini bosuvchi shirinliklar qoʼshiladi. Аmmo, koʼpchilik oziq-ovqat qoʼshimchalari sunʼiy, yaʼni kimyoviy moddalar sintezi natijasida olinadi. Shu sabab, ularning oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda qoʼllanishini nazorat qilish zaruriyati mavjud.

Xalqaro Kodeks Аlimentarius tashkilotining tavsiyalarida oziq-ovqat qoʼshimchalari Ye harfi bilan belgilangan boʼlib, quyidagi guruhlardan iborat:

E100–E199 – boʼyoqlar;

E200–E299 – konservantlar;

E300–E391 – oksidlanishga qarshi va kislotalikni meʼyorlovchi moddalar;

E400–E481 – stabilizatorlar, emulьgatorlar va quyuqlantirvuchi moddalar;

E500–E585 – boshqa turdagi qoʼshimchalar;

E600–E699 – taʼm va aromatni kuchaytiruvchi moddalar;

E700–E899 – yangi turdagi qoʼshimchalar;

E900–E999 – sirlovchi (yaltiratuvchi), shirinlik oʼrnini bosuvchi, unni oqartirvuchi qoʼshimachalar;

E1100–E1105 – fermentlar.

«E» kodi berildi degani u sunьiy yoki kimyoviy degan tushuncha emas. Masalan, Ye160a “karotinlar”, Ye162 “lavlagi boʼyogʼi“, Ye170 “karbonat kalьtsiy”, Ye300 “askorbin kislotasi” va boshqa shunga oʼxshash bolalar uchun foydali boʼlgan qoʼshimchalar mavjud.

Shu bilan birga, Oʼzbekiston Respublikasida bolalar uchun moʼljallangan maxsus mahsulotlarda 0283-10 sonli “Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligiga boʼlgan gigienik talablar” Sanitariya qoidalari talabiga muvofiq sunʼiy oziq-ovqat qoʼshimchalaridan foydalanish tavsiya etilmaydi.

Related Posts